Qozoğiston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
08.01.2025 16:22212
Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari va taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali samarali muloqot ötkazdi. Suhbat davomida strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini çuqurlaştiriş, butun Markaziy Osiyo mintaqasi ravnaqini yuksaltiriş hamda global masalalarni hal etişda hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar birodarlik riştalari tobora mustahkamlanib borayotganligini alohida taʼkidladi. Şuningdek, uşbu mustahkam asosga ega bölgan aloqalar 2025-yilda ham mamlakatlar uçun yanada ulkan yutuqlar olib kelişiga işonç bildirildi.

