Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklarida böladi

Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklarida böladi

13.01.2025 09:34206

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16-yanvar kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Taşrif doirasida Abu-Dabi va Dubay şaharlarida uçraşuv va tadbirlar ötkazilişi közda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Amirliklar poytaxtida Prezident Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi, mamlakatning yetakçi davlat taşkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşadi, şuningdek, "Abu-Dabi barqaror rivojlaniş haftaligi" xalqaro sammitida iştirok etadi.

Dubay şahrida Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay Amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan.

Taşrif kun tartibidan Özbekiston-BAA döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, investitsiyalar, "yaşil" energetika, infratuzilma, raqamlaştiriş, sun’iy intellekt, innovatsion rivojlaniş, turizm va boşqa köplab ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan. Madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham körib çiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlat örtasidagi keng kölamli hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan salmoqli kelişuvlar töplami qabul qilinişi kutilmoqda.

 

president.uz

Ulaşiş: