Özbekiston Prezidenti “AMEA Power”, “M42” va “IFFCO” kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi

Özbekiston Prezidenti “AMEA Power”, “M42” va “IFFCO” kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi

15.01.2025 14:08206

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Abu-Dabi şahriga taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida “AMEA Power” kompaniyasi rahbari Husayn al-Novays, “M42” kompaniyasi rahbari Hasan Jasim al-Novays va “IFFCO Group” kompaniyasi rahbari Şeroz Allanni qabul qildi.

“AMEA Power” - qayta tiklanuvçi energiya sohasida tez sur’atda rivojlanayotgan kompaniya. 20 mamlakatda umumiy quvvati 6 gigavattdan ortiq bölgan loyihalar portfeliga ega. “M42” innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş sohasida yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. “IFFCO Group” oziq-ovqat sohasida 100 dan ortiq brendlarni boşqaradi.

Energetika, innovatsiyalar, soğliqni saqlaş va oziq-ovqat sanoatida qöşma loyihalarni ilgari suriş hamda BAA kompaniyalari bilan innovatsion hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

"AMEA Power" kompaniyasi bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Şamol elektr stansiyalari, energiya saqlaş tizimlarini quriş, neft-kimyo sohasida yuqori texnologik işlab çiqarişlarni taşkil etiş loyihalarini jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan taşqari, “M42” kompaniyasi bilan genomika sohasida, "IFFCO Group" bilan esa oziq-ovqat sanoati va maişiy kimyo uçun ingrediyentlar işlab çiqarişda özaro manfaatli şeriklikni mustahkamlaşga e’tibor qaratildi.

 

president.uz

Ulaşiş: