Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrif yakunlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
Özbekiston yetakçisi Amirliklar poytaxti Abu-Dabi şahrida BAA Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda uşbu mamlakatning yetakçi davlat taşkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar töplami, şu jumladan Strategik şeriklik örnatiş töğrisida deklaratsiya qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari "Abu-Dabi barqaror rivojlaniş haftaligi" xalqaro sammiti oçilişi hamda barqaror rivojlaniş sohasidagi Şayx Zoid nomidagi mukofotni topşiriş marosimida iştirok etdi, sammitning yalpi majlisida qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Bugun Dubay şahrida Birlaşgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Boş vaziri, Dubay Amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan muzokaralar bölib ötdi.
Taşrif yakunida Dubay xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Dubay fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi prezidenti, "Emirates" kompaniyalar guruhi raisi va boş direktori Şayx Ahmad bin Said Ol Maktum va BAA hukumat işlari böyiça vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy kuzatib qöydi.
Davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi.

