Kambağallikni qisqartirişda yangiça yondaşuvlar taqdimot qilindi

Kambağallikni qisqartirişda yangiça yondaşuvlar taqdimot qilindi

17.01.2025 16:47207

Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlaş va yangi yondaşuvlar asosida kambağallikni qisqartirişga oid çora-tadbirlar taqdimoti bilan tanişdi.

Bu yil 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlaş va 1,5 million aholini kambağallikdan çiqariş maqsad qilingan. Birinçi marta 60 ta tuman va şahar kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.

Mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy işga joylaştirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Şu maqsadda bu yil kiçik biznes loyihalariga jami 120 trillion söm kredit ajratiladi.

Ilğor xorijiy tajriba asosida 32 ta yönalişda kambağallikni qisqartiriş böyiça yangi yondaşuvlar yölga qöyiladi. Misol uçun, 300 ta oğir mahallada umumiy quvvati 107 megavatt bölgan quyoş elektr stansiyalari işga tuşiriladi. Ularga kambağal oilalar a’zolari kooperatsiya asosida işga olinadi.

123 ta tumanda kambağal aholi 20 ming gektar örmon va köçatzor barpo etiş hamda dorivor ösimliklar yetiştirişga jalb etiladi. Ular eggan har 100 ta daraxt uçun 375 ming söm subsidiya tölanadi.

Turizm salohiyati bor joylarda mehmon uylari va oşxonalar, muayyan poçta bölimlarida elektron tijorat markazlari oçilib, kambağal oila vakillari işga olinadi.

Umuman, joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondaşuvlar asosida loyihalar amalga oşirilib, 210 ming nafar aholi kambağallikdan çiqariladi.

Çekka hududlardagi, oğir toifadagi qişloqlarga alohida e’tibor qaratiladi. Özbekiston mahallalari uyuşmasi ularga işçanlik ruhini olib kirib, boqimandalikni kamaytirişga, kambağal oilalar mehnatini qöllab-quvvatlaşga mas’ul böladi.

Davlatimiz rahbari 2025-yil işsizlik va kambağallikni qisqartirişda hal qiluvçi yil bölişini yana bir bor ta’kidlab, bu boradagi çora-tadbirlarni tartibli va manzilli amalga oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligiga bu vazifalarning bajarilişini qat’iy nazoratga oliş topşirildi. Har bir loyiha, har bir çora-tadbir elektron platformaga kiritilib, yaratilgan iş örinlari soliq bazasida tekşirilişi belgilandi.

Mahalliy hokimlik xodimlari va “mahalla yettiligi” uçun öquvlar taşkil etiş, yaxşi tajribalarni tarğib qiliş muhimligi aytildi.

 

president.uz

Ulaşiş: