Tibbiyot muassasalarini jihozlaş masalalari körib çiqildi
Davlatimiz rahbari tibbiyot muassasalarini jihozlaş va xizmatlar sifatini oşirişga doir takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Aholi salomatligini mustahkamlaş va davolaş sifatini oşiriş maqsadida şifoxonalar zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Buning uçun byudjetdan har yili kamida 100 milliard söm ajratilayapti. Şuningdek, ötgan yilning özida tibbiyotni yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlaş uçun 200 million dollar xorijiy investitsiya, 94 million dollar grant jalb qilindi.
Natijada oldin faqat respublika muassasalarida bölgan kompyuter tomografi, magnit rezonansli tomograf, angiograflar hozir viloyatlarda, önlab tumanlarda ham bor. Bu ixtisoslaşgan xizmat aholiga yanada yaqinlaşdi, degani.
Joriy yil uşbu maqsadlarga davlat hisobidan 200 milliard söm ajratilgan. Şuningdek, tibbiyotga 370 million dollar xorijiy investitsiya kiritilişi möljallangan.
Taqdimotda tibbiyot muassasalarini jihozlaş böyiça rejalar bayon etildi.
Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollar mablaği evaziga respublikadagi 230 ta tuğruq muassasasi uçun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi.
Germaniyaning KfW bankining 30 million yevro mablaği hisobiga Qoraqalpoğiston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovçi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi. Yana şu bankning 13,5 million yevro granti orqali Termiz şahrida öquv markazi, talabalar turar joyi quriladi. Bu markaz zamonaviy öquv-simulyatsiya va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Davlatimiz rahbari jihozlaş bu masalaning faqat bir qismi ekani, ularda işlay oladigan malakali mutaxassislarni hozirdan tayyorlaş kerakligini ta’kidladi. Tegişli muassasalardagi şifokor va hamşiralarni qöşimça öqitiş vazifasi qöyildi.
Uskunalardan samarali foydalaniş ham muhim. Masalan, viloyatlarda angiograflar yuklamasi örtaça 34 foiz. Tomograf böyiça holat ham har xil.
Şu bois, hokimliklar bilan birga, davlat şifoxonalaridagi yuqori texnologik uskunalardan samarali foydalaniş böyiça autsorsing va xususiy şeriklik loyihalari yölga qöyilişi belgilandi.

