Oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalar körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanişdi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining tayançi sifatida bu yönalişlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Yangi oliygohlar oçilib, qamrov ança kengaydi. Ta’lim jarayonlari sifat jihatidan yaxşilanmoqda.
Ötgan yili bakalavriat yönalişlari maqbullaştirilib, 1 ming 200 dan ortiq ta’lim dasturlari xorijiy andozalarga moslaştirildi. Jumladan, bitiruvçilarga malaka talabi töliq yangilandi, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, atrof-muhit muhandisligi, biotizimlar muhandisligi kabi zamonaviy yönalişlar oçildi.
Bu yil ham qator muhim vazifalar belgilangan. Xususan, yana mingdan ortiq ta’lim dasturlari “TOP-300” universitet dasturlari asosida takomillaştiriladi. 45 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi. Oliygohlarda Registrator ofisi xizmatlari bilan talabalar töliq qamrab olinadi. Dual ta’limga yana 50 ming talaba jalb qilinadi.
Oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga çiqariş, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oşiriş rejalaştirilgan. Ilğor muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oşiriş maqsad qilingan.
Taqdimotda mutasaddilar şu borada amalga oşiriladigan işlar haqida axborot berdi.
Ma’lumki, oliy ta’limga qabul jarayonida “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga ötildi. Davlat granti talabalarning iqtidoriga qarab ajratiladigan böldi. Moliyaviy mustaqillik berilgan 40 ta oliygohda Registrator ofisi taşkil qilindi. Natijada dekanat va bölimlarda ştatlar 20 foizga qisqarib, 30 ta xizmat turi raqamlaşdi.
Uşbu tajribadan kelib çiqib, şunday ofislarni boşqa oliy öquv yurtlarida ham oçiş, ta’lim va ilm-fan xizmatlarini qamrab olgan yagona raqamli tizim joriy etiş böyiça körsatmalar berildi.
Amaliyot bilan uyğunlikni kuçaytiriş maqsadida dual ta’lim yölga qöyilmoqda. Hozirda 15 ming talaba 957 ta korxonaga biriktirilgan. Lekin korxonalarda bunga qiziqiş kam. Şu bois dual ta’limda iştirok etayotgan korxonalarni rağbatlantiriş böyiça takliflar bildirildi.
2024-yil 20-iyunda bölib ötgan videoselektor yiğilişida davlatimiz rahbari har bir hududda texnika oliygohi va ilğor muhandislik maktablari taşkil qiliş vazifasini qöygan edi. Hozirgaça Termiz, Andijon va Qarşida texnika universitetlari taşkil böldi. Şuningdek, 8 ta muhandislik maktabi oçildi.
Yiğilişda Nukus, Buxoro, Farğona va Namangan texnika universitetlarini taşkil etiş loyihalari taqdimot qilindi. Unga köra, yangi yönalişlar oçilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda iştiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.
Umuman, bu yönalişdagi 35 ta muassasani yiriklaştiriş hisobiga, 22 ta texnika universiteti taşkil qilinadi. Şu yil oxirigaça yana 17 ta muhandislik maktabi oçiladi.
Sönggi yillarda oliy öquv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oşgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va işlab çiqarişdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.
Şu bois doktorantura kvotasini taqsimlaşda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratiş, ilmiy daraja va unvonlar oliş tartibini takomillaştiriş böyiça körsatmalar berildi. Pedagoglar kasbiy mahoratini oşirişni yangi bosqiçga olib çiqiş zarurligi ta’kidlandi.
Yoşlar tarbiyasida axloq va sport ham muhim. Bu borada “Beş taşabbus”, “Ma’rifat ulaşib”, “Talabalar sport ligasi”, “Zakovat” kabi harakatlar yölga qöyilgan. Bunday ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual loyihalar bilan talabalarni töliq qamrab oliş, yoşlarda vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş tadbirlari yuzasidan axborot berildi.

