Özbekiston Prezidenti Yevropa Kengaşi rahbari bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

Özbekiston Prezidenti Yevropa Kengaşi rahbari bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

24.01.2025 11:14209

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 23-yanvar kuni Yevropa Kengaşi Prezidenti Antoniu Koşta bilan bölib ötgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi.

Özbekiston Prezidenti Antoniu Koşta Yevropa Kengaşi rahbari lavozimiga saylangani bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Keyingi yillarda Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasidagi köp qirrali hamkorlik yuksak darajaga kötarilgani va barça ustuvor yönalişlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqot va almaşinuvlar olib borilmoqda. 2024-yilda Özbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi 6 milliard yevrodan oşdi, Yevropa kompaniyalari bilan loyihalar portfeli 30 milliard yevroga yetdi.

Ötgan yili öta muhim mineral resurslar sohasida strategik şeriklik töğrisida bitim imzolandi. Transport va raqamli özaro boğliqlik, "yaşil" iqtisodiyot, madaniyat va boşqa yönalişlarda samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimning tez fursatda imzolanişi özaro munosabatlarning butun majmuini rivojlantirişga jiddiy turtki bölişiga işonç bildirildi.

Özbekiston yetakçisi va Yevrokengaş rahbari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşdilar. Joriy yil aprel oyida Samarqand şahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinçi sammitiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça qöşma rejalar muhokama qilindi.

 

president.uz

Ulaşiş: