Özbekiston Prezidenti Belarus yetakçisini prezidentlik saylovidagi ğalabasi bilan tabrikladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoni keça bölib ötgan Prezident saylovidagi işonçli ğalabasi bilan samimiy qutladi.
Davlatimiz rahbari saylovçilarning faol iştiroki va ovoz beriş natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak işonç bildirayotgani, amalga oşirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qöllab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida ta’kidladi.
Suhbat çoğida ötgan yil 7-9-fevral kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning Özbekistonga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtayi nazaridan Özbekiston-Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
2024-yilda tovar ayirboşlaş hajmi 700 million dollardan oşdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallaştiriş, yaqin işbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almaşinuvlarni davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi.
Özbekiston va Belarus yetakçilari bölajak tadbirlar rejasini ham körib çiqdilar.

