Özbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan köp qirrali şeriklik kun tartibini kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan köp qirrali şeriklik kun tartibini kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

28.01.2025 10:51199

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni navbatdagi Özbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlaşuvlari doirasida mamlakatimizda bölib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredovni qabul qildi.

Suhbat avvalida vazir Raşid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakçisi, mamlakat Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboşlaş hajmi jadal ösib borayotgani, 2024-yilda 1,1 milliard dollardan oşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. "Şovot-Toşovuz" çegaraoldi savdo zonasi birgalikda barpo etilmoqda. Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qişloq xöjaligi va suvdan foydalaniş sohalarida yaqin va özaro manfaatli hamkorlik izçil davom ettirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengayib bormoqda.

Toşkent şahrida Gurbanguli Berdimuhamedovning "Hakyda göwheri" ("Tafakkur gavhari") nomli yangi kitobining özbek tilidagi naşri taqdimoti ötkazilgani uçun Turkmaniston rahbariyati nomidan Özbekiston yetakçisiga çuqur minnatdorlik izhor etildi.

Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi köp qirrali şeriklikning yangi keng qamrovli kun tartibini şakllantiriş, bölajak oliy darajadagi taşriflar, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi va "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlik körişga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.

 

president.uz

Ulaşiş: