Toşkentda Hindiston mustaqilligi kuni nişonlandi
Toşkentda Hindiston Respublikasi mustaqilligining 76 yilligi munosabati bilan tantanali bayram uyuştirildi.
Hindistonning Özbekistondagi elçixonasi tomonidan taşkil etilgan tadbirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpus vakillari, elçilar, işbilarmon doira vakillari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Uşbu davlat Favqulodda va muxtor elçisi Smita Pant ta’kidlaganidek, bu yil Hindiston mustaqil va demokratik respublikaga aylanganiga 76 yil töldi. 1950 yil 26 yanvarda kuçga kirgan Konstitutsiya inklyuziv va demokratik mamlakat poydevorini qöyib, ösiş, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uçun mustahkam asos böldi.
Elçi Hindiston va Özbekiston örtasidagi ildizi çuqur, tarixiy sivilizatsiya munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz döstligi uçun mustahkam zamin yaratayotgani, köp qirrali aloqalar jadal rivojlanayotganiga urğu berdi.
– Özbekistonda 7 oydan buyon faoliyat olib boryapman, – deydi Smita Pant xonim. – Aytişim joiz, bu yutrga moslaşiş özbek xalqining mehmondöstligi, samimiyligi va mehribonligi tufayli oson keçdi.
Eng muhimi, özaro hamkorligimiz turli yönalişlarda izçil rivojlanyapti. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, mudofaa va turizm yönalişlarini qamrab olgan strategik şeriklik ikki davlat, ikki xalq örtasidagi qadimiy aloqalarni yanada mustahkamlamoqda. 2024 yil davomida özaro savdo hajmi oşib, qöşma taşabbuslar köpayişi, madaniy hamkorlik yangi bosqiçga çiqqani hamjihatlikning yuqori darajasidan dalolat.
Qayd etilganidek, elçixona biznes delegatsiyalar almaşinuvini faol qöllab-quvvatlamoqda. Xususan, ötgan yil respublikamiz vakillari Hind diyorida töqimaçilik, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, pölat, elektronika, hunarmandlik kabi turli sohalar böyiça ötkazilgan körgazmalarda iştirok etdi. Hindistonliklar ham Toşkentda turizm, neft va gaz, energetika, töqimaçilik, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi mahsulotlari, tibbiy asbob-uskuna, ommaviy axborot vositalari hamda konçilik yönalişlaridagi köplab anjumanlarda qatnaşdi. Bunday sa’y-harakatlar tomonlar barça işlarni yakdillikda taşkil qilayotgani natijasidir.
– Hindistonda 10 yil yaşaganman, – deydi Özbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Najmiddin Nizomiddinov. – Tarjimonlik bilan boğliq asosiy faoliyatimdan taşqari ilm bilan ham şuğullanib, özbek va hind ellari tarixiga daxldor qimmatli manbalar ham yiğdim. Öşa ma’lumotlar asosida filologiya va dinşunoslik tarixi fanlari böyiça ikkita alohida doktorlik işini yoqladim. Taniqli hind aktyori Raj Kapur va uning sulolasi vakillariga tarjimonlik qilganim ham hayotimdagi eng unutilmas damlar sifatida yodimda qolgan. Umuman, bu ikki xalqning muştarak jihatlari bisyor. Ayni fazilatlar dunyoqaraş, urf-odat, muomala madaniyati, gözallikka intiliş singari eng muhim insoniy xislatlarda yorqin namoyon böladi.
Bayram dasturidan örin olgan özbek va hind tillaridagi kuy-qöşiqlar, odatdagidek, iştirokçilarga yanada kötarinki kayfiyat bağişladi.

