Ehtirom va birdamlik namoyon böldi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöydi.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, şahar jamoatçiligi jam böldi.
Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamişa e’zozlanişidan dalolat. Şavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan Birinçi Prezidentimizning xotirasi abadiylaştirildi, u kişi tavallud topgan 30-yanvar har yili nişonlanadigan böldi. Toşkentda ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi taşkil etildi. Samarqandga taşriflar çoğida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qiliş ezgu an’anaga aylandi.
Bu keyingi avlodlar uçun ham ibrat va namunadir. Marosimda ana şunday ehtirom va birdamlik namoyon böldi. Qur’on oyatlari öqilib, duo qilindi. Birinçi Prezidentimizning xalq manfaati yölida qilgan işlari, fazilatlari yodga olindi.
Şunday tadbirlar Samarqand va Qarşi şaharlarida ham ötkazildi.

