Reynis Trokşa: Latviya Özbekiston bilan transport logistikasi sohasida aloqalarni mustahkamlaşga tayyor

Reynis Trokşa: Latviya Özbekiston bilan transport logistikasi sohasida aloqalarni mustahkamlaşga tayyor

03.02.2025 14:31117

Latviya Özbekiston bilan logistika, jumladan yuk eksport-importi, şuningdek Yevropa va Osiyo örtasidagi havo transporti sohasida hamkorlikni çuqurlaştirişga tayyor. Ayni mavzuga uşbu mamlakatning yurtimizdagi elçisi Reynis Trokşa eksklyuziv intervyusida batafsil töxtaldi.

– Latviya portlari va “Riga aeroporti” xabi Markaziy Osiyo bilan Yevropa örtasida yuk taşiş hamda logistika biznesini rivojlantiriş, şuningdek Şimoliy Yevropa mintaqasiga mahsulot yetkazib beruvçi işlab çiqariş va tarqatiş markazlari yaratiş uçun juda qulay şaroit yaratadi. Şu nuqtai nazardan Latviya jadal rivojlanayotgan Özbekiston bozorida ulkan salohiyat körmoqda. Bu nafaqat farmatsevtika, qişloq xöjaligi mahsulotlari, maşina va uskunalar kabi an’anaviy tarmoqlar, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari singari zamonaviy sohalarda ham yangi imkoniyatlar oçmoqda. 2024 yil Latviya Özbekistonga 10 dan ziyod savdo missiyasi taşkil etgani iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşdan özaro manfaatdorlik belgisidir.

Bizning korxonalarimiz mahalliy kompaniyalar faoliyati samaradorligini oşirib, Yevropa bozoriga çiqiş yölida kömaklaşişga intilmoqda.

Masalan, ikki davlat IT mutaxassislari va innovatorlari iştirokida, “ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” doirasida ötkazilgan Latviya – Özbekiston raqamli kommunikatsiyalar forumi şeriklikni rivojlantiriş uçun qulay maydonga aylandi. Latviya kompaniyalari Özbekistonni mintaqaviy markaz sifatida köryapti va respublikadagi faoliyati orqali hamkorlik kölamini butun Markaziy Osiyo hisobiga kengaytirişni xohlamoqda.

Özbekiston ma’muriy islohotlarga ham alohida e’tibor qaratib, samarali boşqaruv tamoyilini faol ilgari surmoqda. Latviyalik mutaxassislarning respublikaga qiziqişi yuqori, özbekistonliklar ham birga işlaşga tayyor. Biz hamkorlarimizni barqaror iqtisodiy ösiş, xususan qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş va Yevropa Ittifoqi me’yoriga mos standartni amaliyotga joriy etiş orqali qöllab-quvvatlaymiz. Ayni jarayonda gender tenglikni ta’minlaş orqali xotin-qizlar imkoniyatini oşiriş, qişloq joylarida davlat xizmati körsatiş böyiça samarali tizim şakllantiriş muhim hisoblanadi. Bu barqaror rivojlaniş maqsadlariga sodiqlikni ifodalaydi.

Respublikaning iqlim özgarişiga qarşi kuraş borasidagi sa’y-harakati e’tirofga loyiq. 2023-2024 yillarda Latviya mahalliy va mintaqaviy boşqaruv idoralari assotsiatsiyasi “Özbekistonda iqlim özgarişi oqibatini yumşatiş va tabiatga moslaşiş böyiça barqaror siyosatni rejalaştiriş” loyihasini yölga qöydi. Taşqi işlar vazirligi kömagida qişloq xöjaligi sohasida bir neça yangi taşabbus ilgari surilgan. Ya’ni, Ösimliklarni himoya qiliş davlat xizmati tomonidan “Özbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini köpaytiriş uçun fitosanitariya tizimini takomillaştiriş” rejasi amalga oşirilmoqda.

Yana bir muhim taşabbus – Bulduri boğdorçilik maktabining “BioDigiSkills” loyihasi biotexnologiya va raqamli könikmani integratsiyalaş orqali boğdorçilikni modernizatsiya qiliş, qişloq xöjaligi barqaror rivojlanişiga hissa qöşiş maqsadini közlaydi. Bundan taşqari oziq-ovqat va veterinariya xizmati akvakultura sektorini mustahkamlaşga yönaltirilgan loyihada iştirok etyapti.

Özbekistondagi akvafermalar va baliqni qayta işlaş korxonalari rasmiy nazorat tizimini mustahkamlaş, uskunalarning talabga muvofiqligini ta’minlaş YeI standartiga moslaşişga kömaklaşadi. Bu Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi xabardorligini oşirib, xalqaro bozorga çiqişni osonlaştiradi.

Özbekiston Latviya Xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş agentligi (CFCA) uçun pilot davlatga aylandi. Tuzilmamiz allaqaçon YeI, GFR xalqaro hamkorlik jamiyati kabi xorijiy donorlar tomonidan moliyalaştirilayotgan turli loyihalarda iştirok etib, samarali boşqaruv sohasini takomillaştirişga hissa qöşmoqda. Yevropa jamoasining Markaziy Osiyoda raqamli ulaniş taşabbusini amalga oşirişga qaratilgan birinçi Köp tomonlama hamkorlik şartnomasi (MPCA) imzolanişi bu yöldagi jiddiy yutuqlardan biridir. Davlat korxonalari va xususiy sektorda raqamli ulaniş xizmatidan foydalaniş, jarayonda qişloq hududlariga va gender tenglikka alohida urğu beriş közda tutilgan.

Davlatimiz YeIning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş va xavfsizlikni ta’minlaşga qaratilgan Markaziy Osiyoda çegaralarni boşqariş (BOMCA) dasturida ham faollik körsatyapti.

Bir söz bilan aytganda, Latviya Özbekistonning köplab muhim sohalarda rivojlanişini muntazam qöllab-quvvatlaş, mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga kömaklaşiş tarafdori.

Muharrama Pirmatova yozib oldi, ÖzA

Ulaşiş: