“Özbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobi taqdimoti ötkazildi

“Özbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobi taqdimoti ötkazildi

03.02.2025 15:20129

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Özbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobining taqdimot marosimi bölib ötdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va senatorlar, Taşqi işlar vazirligi rahbariyati, mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va xorijiy ekspertlar, şuningdek universitet professor-öqituvçilari, talabalar iştirok etdi.

Oliy Majlis Senati Raisining birinçi örinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev uşbu naşr mustaqillik yillaridagi diplomatiyamizning sermazmun tarixi va rivojlaniş jarayoni örganiladigan ilmiy tadqiqot ötkaziş zarurligini körsatib bergan davlatimiz rahbari taşabbusi bilan dunyo yuzini körganini ta’kidladi.

Qayd etilişiça, yetakçi olimlarimiz – tarixçi, siyosatşunos, şarqşunos, etnograf, madaniyatşunoslar mehnati natijasi hisoblangan uşbu keng qamrovli qöllanmaga faxriy hamda amaldagi özbek diplomatlari ham munosib hissa qöşgan.

– Davlatimiz rahbarining muhim taşabbusi mahsuli bölmiş mazkur kitob ilmiy va siyosiy hayotimizdagi öziga xos voqea, desam mubolağa bölmaydi, – dedi Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilov. – Tadqiqotda eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungaça bölgan xalqaro munosabatlarning murakkab, ba’zan öta nozik qirralari, buriliş nuqtalari, davlatlaro munosabatlarning dunyo tarixiga ta’siri, mintaqamiz va jahondagi hodisalarning bir-biriga çambarças boğliqligi aniq-ravşan yoritib berilgan. Asar bilan yaqindan tanişarkansiz, xalqaro va mintaqaviy taraqqiyotning murakkab bosqiçida, şiddat bilan rivojlanayotgan ziddiyatli dunyoda diplomatiya, jumladan Özbekiston taşqi siyosatining keng qamrovi töğrisida muxtasar fikr hosil böladi. Ahil jamoa maşaqqatli mehnati ölaroq şakllangan tugal mazmun-mohiyat Yangi Özbekiston diplomatiyasining ustuvor vazifa va maqsadlariga hamohangligi bilan beqiyos ahamiyatga ega.

Davra suhbati davomida mualliflar matn tuziş, arxiv materiallarini yiğiş, noyob tarixiy hujjatlar bilan işlaş, mustaqillikning ilk kunlaridan boşlangan Özbekiston diplomatiyasi maktabi solnomasini tahlil qiliş jarayoni haqida sözlab berdilar.

Iştirokçilar fikriça, ehtiyotkorlik bilan tanlangan va örganilgan tarixiy manbalar diplomatiyamiz şakllanişining asosiy bosqiçlari milliy tarix va köp asrlik an’analar hamda zamonaviy davlat qurilişi tendensiyalariga çambarças boğliq ravişda taraqqiy etayotganidan hikoya qiladi.

– Tarixga nazar taşlaş bugungi kunning mohiyatini anglaş, kelajakni yorqin tasavvur etiş uçun zarur kalit, – deydi Oliy Majlis Senati Raisining birinçi örinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev. – Buyuk ötmiş izsiz emas va hargiz zoye ketmaydi. Bil’aks, xalqning genetik kodida saqlanadi, xotirasi, sa’y-haraktida qayta röyobga çiqadi. Va şuning uçun ham qudratli kuçdir. Binobarin, tarixiy merosni saqlaş, örganiş, anglaş va avloddan avlodga ötkaziş, jumladan, diplomatiya sohasida ham öta muhim.

Bugun taqdim etilayotgan kitobning qiymati ham bahosiz bölib, bizga tarix saboğini mujassam holda ifodalaydi. Modomiki, bugun ilmiy hamjamiyat oldida zamonamizning murakkab muammolarini tahlil qiliş, mamlakatimiz taşqi siyosatining ustuvor yönalişlarini belgilaş vazifasi turarkan, tarixni örganiş, ötmişdan xulosa çiqara biliş juda zarur.

Sönggi yillar mobaynida zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida yuz bergan eng yirik özgarişlaridan biri, şubhasiz, dunyo xaritasida Yangi Özbekiston vujudga kelişidir. Bu jarayon, birinçi navbatda, dovyuraklik bilan ulkan ijobiy özgarişlar davrini boşlab bergan Prezident Şavkat Mirziyoyev nomi bilan boğliq. Aynan şu jihat jamiyatimiz rivojining yangi mafkurasini belgilaydi.

Mustaqillik davrining ilk yillaridagi Özbekiston diplomatiyasi tajribasi, yutuq va muammolarini çuqur, tanqidiy örganiş asnosida 2017 yildan işlab çiqila boşlagan mamlakatimizning yangilangan taşqi siyosati xususiyati mazmunan tubdan özgardi.

E’tiborli jihati, naşrda Markaziy Osiyoning dunyo madaniy-tarixiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonidagi öziga xos örnini körsatadigan boy tarixiy va noyob hujjatlar keltirilgan. Şuningdek, Yangi Özbekistonda iqtisodiyot, savdo, aloqa, yangi texnologiyalar va ğoyalar almaşinuvi rivojiga xizmat qilgan özbek diplomatiyasining asosiy tamoyillari qayta tiklanayotgani alohida ta’kidlangan.

– Diplomatiya insoniyat faoliyatining asrlar davomida yer yuzidagi barça mamlakatlar, xalqlarni qamrab olgan eng muhim, mas’uliyatli sohalaridan biri bölib kelgan va şunday bölib qoladi, – dedi Qozoğiston Respublikasining yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Beybut Atamqulov. – Şu nuqtai nazardan asarda töplangan tarixiy faktlar diplomatiya nafaqat muloqot usuli, balki xalqlararo tinçlik va hamjihatlikni saqlaş, mustahkamlaş san’ati sifatidagi ahamiyatini ham eslatib turadi.

Özbek va qozoq diplomatiyasi tarixi köp jihatdan bir-biriga öxşaş. Bizning xonlarimiz Buxoro va Qöqon hukmdorlari bilan birga teran aloqalar asosida xalqlarimiz örtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirganlar. Xullas, mintaqada tinçlik va barqarorlikni saqlaşda diplomatiya hamişa hal qiluvçi rol öynagan. Bu an’analar bugungi kunda ham izçillik kasb etib, Qozoğiston va Özbekiston hamkorligi butun Markaziy Osiyo uçun namuna bölmoqda.

Anjuman yakunida zamonaviy özbek diplomatiyasi rivojlanişi jarayonidagi yangi davrni inobatga olgan holda, ayni yönalişdagi tadqiqotni davom ettiriş, xususan “Özbekiston diplomatiyasi tarixi” kitobining yangi, töldirilgan naşrlarini ham çop etiş zarurligini ma’qulladilar.

Ötkir Alimov, ÖzA

Ulaşiş: