Prezidentimiz Özbekiston va Malayziya işbilarmonlari örtasida keng kölamli şeriklikni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi

Prezidentimiz Özbekiston va Malayziya işbilarmonlari örtasida keng kölamli şeriklikni rivojlantiriş muhimligini ta’kidladi

06.02.2025 10:13135

Rasmiy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur şahrida qöşma biznes forumida iştirok etdilar.

Tadbirda ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari, investitsiya va bank-moliya institutlarining 200 dan ziyod rahbarlari, jumladan, Malayziyaning “Petronas”, “MMC Corporation”, “DRB-Hicom”, “Gemilang Coachwork”, “Proton”, “Gentari”, “Five Petroleum”, “YTL Corporation”, “Sunview Group”, “KPJ Healthcare”, “MK Tron”, “Mimos”, “Sparco Engineering”, “Tradewinds Group”, “Kapital DX”, “Gamuda”, “Westports”, “Khazanah”, “EXIM Bank of Malaysia” va boşqa köplab kompaniyalari vakillari qatnaşdi.

Davlatimiz rahbari öz nutqida bugun bölib ötgan oliy darajadagi samarali muzokaralarda Özbekiston-Malayziya şerikligini innovatsion rivojlantirişning ikki yillik davrini boşlaş böyiça kelişuvga erişilgani, amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari belgilab olinganini ta’kidladi.

Ötgan yili Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi taşkil etilgani, ikki mamlakat işbilarmonlari iştirokida qator yirik tadbirlar ötkazilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimiz geografik jihatdan bir-biridan olis bölişiga qaramay, transport va logistika imkoniyatlari kengayib bormoqda. Poytaxtlar örtasida deyarli har kuni töğridan töğri aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda.

Bölib ötgan muzokaralarda mavjud zaxiralar çuqur tahlil qilinib, köp qirrali şeriklikning yangi "ösiş nuqtalari" belgilab olindi.

Tovar ayirboşlaş hajmini karrasiga oşiriş, imtiyozli savdo töğrisidagi bitimni işlab çiqiş, özaro körgazma va yarmarkalar ötkaziş böyiça kelişuvlarga erişildi. Qöşma loyihalarning salmoqli portfeli şakllantirildi, Sanoat kooperatsiyasi dasturi işlab çiqildi.

- Maqsadimiz - munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga olib çiqiş, - dedi Prezident.

Malayziya Özbekistonning muhim innovatsion va texnologik hamkoridir. Şu ma’noda, davlatimiz rahbari Özbekiston-Malayziya işbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantirişning qator ustuvor yönalişlarini körsatib ötdi.

Bu, eng avvalo, elektronika va yarimötkazgiçlar sanoatida uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirişdir. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ma’lumot markazlari böyiça loyihalarni amalga oşiriş mumkinligi qayd etildi.

Gaz-kimyo va kimyo sanoati muhim yönaliş hisoblanadi. Polimerlar, "yaşil" vodorod va ammiak işlab çiqariş böyiça strategik loyihalarni tayyorlaş ustida iş olib borilmoqda.

Quriliş sohasining jadal rivojlanişi innovatsion va ekologik toza quriliş materiallariga talabni oşirmoqda. Özbekiston Prezidenti Malayziya kompaniyalarini mamlakatimiz hududlarida zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş va keng kölamli bunyodkorlik işlarida faol iştirok etişga çaqirdi.

Soğliqni saqlaş sohasidagi özaro manfaatli hamkorlik istiqbollari qayd etildi. Zamonaviy klinikalar quriş, Malayziyaning ilğor tajribasi asosida innovatsion farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş şular jumlasidan.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda katta imkoniyatlar borligi körsatib ötildi. Şu nuqtayi nazardan, "aqlli" qişloq xöjaligi texnologiyalarini joriy etiş, organik mahsulotlar işlab çiqariş va "halol" standartlarini qöllaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdorlik bildirildi.

Davlatimiz rahbari Malayziyaning yetakçi kompaniya va banklarini Özbekistonning telekommunikatsiya, energetika, bank-moliya va boşqa sohalardagi davlat aktivlarini xususiylaştirişda faol iştirok etişga taklif etdi.

Bundan taşqari, geologiya, ta’lim, transport, ziyorat turizmi kabi yönalişlarda hamkorlik qiliş uçun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Özbekiston yetakçisi malayziyalik işbilarmonlarning qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirişga qiziqişi katta ekanini, ular texnologiyalar va bilimlar bilan örtoqlaşişga tayyorligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Şu munosabat bilan Toşkent viloyatida Malayziya kompaniyasi boşqaruvida maxsus iqtisodiy zona taşkil etilişi ma’lum qilindi.

Sözining yakunida davlatimiz rahbari navbatdagi qöşma biznes forumini şu yil kuzda Özbekistonda ötkazişni taklif etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: