Kimyo sanoatidagi rejalar tanqidiy körib çiqildi

Kimyo sanoatidagi rejalar tanqidiy körib çiqildi

07.02.2025 11:01185

Prezident Şavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni kimyo sanoatida 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Sönggi yillarda bu tarmoqda sezilarli özgariş bölgani, yangi texnologik zanjirlarni yaratiş uçun investitsiyalarga keng yöl oçilgani bilan, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emasligi qayd etildi.

Şu bois tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga hali işlatilmagan imkoniyatlarni, hal etilişi lozim bölgan muammolarni aniq körsatib ötdi.

Masalan, ilğor texnologiyalarni joriy etişni jadallaştirib, kimyo korxonalarida qöşilgan qiymatni hozirgidan bir neça barobar oşiriş mumkin.

Prezidentimiz bu boradagi kamçiliklarni qayd etib, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga köpaytiriş vazifasini qöydi.

Hukumatga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etiş, mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş va loyihalarni jadallaştiriş böyiça qat’iy topşiriqlar berildi.

Tarmoqdagi har bir korxonani raqamlaştiriş, quvvatlardan oqilona foydalaniş, energiya samaradorlikni oşiriş va tannarxni kamaytiriş böyiça mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.

 

president.uz

Ulaşiş: