Özbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Yaponiya Boş vazirining maxsus maslahatçisi Akixisa Nagasima boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Özbekiston bilan Yaponiya örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlik va amaliy şeriklikni kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Maxsus maslahatçi Akixisa Nagasima davlatimiz rahbariga Yaponiya Boş vaziri Sigeru Isibaning salomi va şaxsiy maktubini yetkazdi.
Yaponiya Özbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va oçiq xalqaro hamkorlikni ta’minlaş va mustahkamlaşda özining işonçli va uzoq muddatli strategik şerigini körayotgani ta’kidlandi.
Yaponiya hukumati iqtisodiy va innovatsion hamkorlik, energetika, sanoat, infratuzilma va ijtimoiy sohalardagi kooperatsiya, jadal ta’lim va madaniy almaşinuvlar, turizm va mehnat migratsiyasi dasturlari, şuningdek, samarali mintaqaviy hamkorlik kabi keng kölamli yönalişlarda ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholayotgani alohida qayd etildi.
2024-yilda mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 35 foizga oşdi. Yaponiyaning yetakçi kompaniya va banklari bilan loyihalar portfeli 12 milliard dollardan ziyodni taşkil etmoqda. Özbekistonda 100 ga yaqin qöşma korxona va taşkilotlar, jumladan, Özbekiston-Yaponiya markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Özbekiston yetakçisi oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar va özaro taşriflarni davom ettiriş muhimligini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalardagi, şu jumladan Yaponiya hukumatining Taraqqiyotga kömaklaşiş dasturi doirasidagi hamkorlikning kun tartibi sermazmun ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston Prezidenti Yaponiya hukumatiga joriy yil aprel oyida Osaka şahrida boşlanadigan "Ekspo" butunjahon körgazmasini muvaffaqiyatli ötkazişni tiladi.
Bölajak "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinçi sammitga tayyorgarlik doirasida mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

