Atom energetikasi sohasidagi işlar böyiça axborot berildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni atom energetikasi sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ösib borayotgan ehtiyojini ta’minlaş uçun mamlakatimizda energetikaning barça manbalari işga solinmoqda. An’anaviy generatsiyadan taşqari, sönggi yillarda qariyb 4 gigavattli muqobil quvvatlar işga tuşirildi va “yaşil” energiya uluşi 16 foizga yetdi.
Kelgusi beş yilda yana 25 gigavattli qayta tiklanuvçi energiya manbalari barpo etiladi. Bularning hisobiga yiliga 64 milliard kilovatt soat “yaşil” energiya olinadi. Umuman, 2030-yilga borib, yurtimizda jami generatsiyada “yaşil energiya” uluşini 50 foizdan oşiriş maqsad qilingan.
Ayni paytda raqamli texnologiyalar, elektromobillar, elektr jihozlar, sun’iy intellekt, mayning kabi tarmoqlarning rivojlanişi energiyaga bölgan talabni keskin oşirmoqda. Şu bois köplab davlatlar yangi turdagi energiya quvvatlariga ötiş yöllarini izlayapti. Yer qa’ridan qazib olinadigan yoqilğilar öz örnini qayta tiklanuvçi manbalarga böşatib berayapti. Bugunga kelib, dunyodagi jami generatsiyaning 42 foizi muqobil energiyadir.
Uzoq yillik quvvatlarni barpo etişda atom energetikasi maqbul hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda 375 gigavattli 417 ta atom reaktorlari işlatilmoqda. Yana yangi stansiyalar qurilayapti, köp davlatlar atom energetikasini özining rivojlaniş strategiyasiga kiritayapti.
Mamlakatimizda uran zaxirasi borligidan foydalanib, uzoq muddatga möljallangan quvvat taşkil etiş rejalaştirilgan. Xususan, kiçik quvvatli reaktorlar barpo etiş loyihasi işlab çiqildi. 2024-yil 5-dekabrda Samarqand şahrida atom energiyasidan foydalaniş masalalari böyiça xalqaro konferensiya ötkazildi.
Yiğilişda mutasaddilar atom energetikasini rivojlantiriş böyiça qilinayotgan işlar böyiça axborot berdi.
Davlatimiz rahbari bölajak stansiya va tizimda işlaydigan mutaxassislarni hozirdan tayyorlaş, xavfsizlikni Xalqaro atom energiyasi agentligi talablari darajasida ta’minlaş böyiça topşiriqlar berdi. Bunday texnologiyalar iqtisodiyot raqobatdoşligini oşirib, uzoq muddatli ösiş sur’atlari uçun munosib zamin yaratişi ta’kidlandi.

