Özbekiston Prezidenti Xalqaro maslahat kengaşi a’zolarini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Xalqaro maslahat kengaşi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Ştefan Fyuleni qabul qildi.
Yangi Özbekistonda islohotlar strategiyasini amalga oşirişga ekspertlik kömagini körsatiş hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va institutlari bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş maqsadida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Ilğor xalqaro tajribani örganiş va joriy etiş, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini modernizatsiya qilişga texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etiş borasida amaliy hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.
Samarqand şahrida ötkaziladigan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" sammitiga tayyorgarlik doirasida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

