Özbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining örinbosari Maksim Oreşkin boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuv avvalida Maksim Oreşkin davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ötgan yil may oyida Özbekistonga amalga oşirilgan davlat taşrifi va boşqa oliy darajadagi muloqotlar davomida erişilgan kelişuvlarni tasdiqlangan "yöl xaritasi"ga muvofiq amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlaniş sur’atini saqlab qoliş, sanoat kooperatsiyasi va elektron tijorat loyihalarini qöllab-quvvatlaş, suv xöjaligi, oliy ta’lim va muhandis kadrlar tayyorlaş, sun’iy intellekt, madaniy almaşinuv va sport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytiriş böyiça kompleks çoralar körişga alohida e’tibor qaratildi.

