Sport – soğlom xalq, soğlom avlodning tayanç ustuni

Sport – soğlom xalq, soğlom avlodning tayanç ustuni

14.02.2025 11:21206

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qömitasi raisi Şavkat Mirziyoyev boşçiligida 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslaştirilgan va ommaviy sportni yangi bosqiçga olib çiqiş hamda aholi jismoniy faolligini oşiriş çora-tadbirlari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Har bir ota-ona, har bir millatning niyati – jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalaşdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erişib bölmaydi. Sport soğlom xalq, soğlom avlodning tayanç ustunidir.

Şu bois davlatimiz tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilmoqda. Sönggi tört yilda budjetdan sportga ajratilayotgan mablağ 1,5 trillion sömdan 3 trillion sömga oşdi. Murabbiylarning örtaça maoşi 2 barobar köpaydi. 101 ta yirik sport inşootlari qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi. Sportçilarimizning Parij Olimpiadasida erişgan yutuqlari bu e’tiborning yorqin natijalari böldi.

Endi 2028-yilda Los-Anjelesda böladigan Olimpiya öyinlarida kuçli öntalikka kiriş maqsad qilingan. Buning uçun tayyorgarlikni kuçaytiriş, sport federatsiyalarini rivojlantiriş zarur.

Yiğilişda bu masalalar 26 ta sport federatsiyasi va hududlar kesimida tahlil qilindi.

Masalan, sönggi Olimpiya öyinlarida 48 ta dastur bölgan yengil atletika böyiça 5 ta, 49 ta suv sporti dasturidan 4 ta litsenziya olingan, xolos. Qoraqalpoğiston, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan va sirdaryolik sportçilar past natija körsatgan.

Şu bois iqtidorli yoşlarni topiş, olimpiya sport turlariga tayyorlaş, ularni va murabbiylarni rağbatlantiriş böyiça yangi tizim yölga qöyilişi belgilandi. Davlatimiz rahbari bu boradagi qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Avvalo, olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantiriş, seleksiya tizimini yaxşilaş maqsadida Olimpiya qömitasining hududiy bölimlari taşkil etiladi. Milliy Olimpiya qömitasi raisi Prezident bölganidek, hududiy bölimlarga viloyat hokimlari boşçilik qiladi.

Ular har bir federatsiya bilan birga, Olimpiya öyinlariga tayyorgarlik davri böyiça strategiya işlab çiqadi. Buning uçun zarur şaroit va infratuzilmaga 300 milliard söm yönaltiriladi.

Şuningdek, çet eldan ilğor tajribalar, grantlar jalb qiliş çoralari köriladi. Sportçi va murabbiylar xorijiy sport akademiyalarida öqitiladi. Oldingi Olimpiya va Paralimpiya öyinlari natijasiga qarab, sport turlari ustuvorligi böyiça 3 ta toifaga ajratiladi.

Hududlardagi 310 ta sport maktabi milliy terma jamoalarning seleksiya bazasiga aylanişi kerakligi ta’kidlandi. Ularda yangi metodika va yondaşuvlar joriy qilinadi.

Olimpiya sport turlariga moslaştirilgan 56 ta sport maktabi milliy terma jamoalarga asosiy zaxira böladi. Ularda hududdan saralangan yoşlar individual reja asosida maqsadli tayyorlanadi.

Şuningdek, yiliga ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari böyiça “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalar tizimi yölga qöyiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rağbatlantirib boradi. Viloyat bosqiçi ğoliblari har yili dekabrda Olimpiya şaharçasida ötkaziladigan “Prezident Olimpiadasi”da iştirok etadi.

Musobaqa ğoliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi. Birinçi va ikkinçi örinni olgan sportçilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi. Bunda, 1-2 kurs öquvçilariga stipendiya tölaş yölga qöyiladi.

Prezidentimiz musobaqalarda yuqori natija körsatgan sportçi va terma jamoa ustozlari qatorida sportçilarni yetiştirgan birinçi murabbiylarni ham rağbatlantiriş zarurligini ta’kidladi.

Yiğilişda para sport imkoniyatlariga alohida töxtalib ötildi.

Ilgari bu toifadagi yoşlar uçun atigi 33 ta maktabda sport tögaraklari bölgan, bugun bunday maktablar soni 235 taga yetdi. Parasport bilan muntazam şuğullanuvçilar 4 karra köpayib, 7 mingdan oşdi.

Endi Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda nogironligi bölgan yoşlarni sport bilan qamrab oliş, natijadorligini ta’minlaş böyiça ilmiy metodika va standartlar işlab çiqiladi. Uning Toşkentdagi filialida adaptiv sport böyiça alohida fakultet oçiladi.

Şuningdek, hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslaşadi. Bunday yoşlarni, ayniqsa, nogironligi bölgan qizlarni imkoniyatiga qarab, boşqa soğlom sport guruhlarida ham şuğullanişiga şaroit yaratiladi. Trenerlarga malaka sertifikati beriş va ularni qayta tayyorlaş tizimi soddalaştiriladi.

Parasport turlari böyiça terma jamoalarni şakllantiriş tartibi ham özgartiriladi. Bundan buyon, yoşlar faqat musobaqa natijasiga qarab emas, balki sport normativlarini bajarişiga qarab ham terma jamoaga qabul qilinadi. Bunda, nogironligi bölgan sportçilarning körsatkiçlarini monitoring qilib boradigan alohida onlayn platforma böladi.

Musobaqa va sport yiğinlari taşkil qilişda olimpiya va paralimpiya tizimiga ötiladi. Ya’ni, qayerda çempionat bölsa, unga yonma-yon parasport musobaqasi ham ötkaziladi, yiğinlar ham birgalikda taşkil qilinadi. Bu haqiqiy inklyuziv tizimga aylanadi, nogironligi bor sportçilar uçun işonç va rağbat böladi.

Sport sohasida ham xususiy sektorga keng yöl oçilişi qayd etildi. Endi xususiy sport klublarining yagona reyestri yuritiladi, ularning faoliyati böyiça mezonlar yaratiladi. Qamrov darajasiga qarab, klublarga bepul sport jihozlari ajratiladi. Xususiy murabbiylarga özini özi band qiliş huquqi beriladi.

Muhimi, xususiy klublardagi yoşlar barça musobaqalarda öz nomidan iştirok etişi mumkin böladi va natijasiga qarab, terma jamoalarga qabul qilinadi.

Sportçilarni topiş, saralaş va tayyorlaş jarayoniga raqamlaştirişni keng joriy qiliş, adolatni ta’minlab, qobiliyatli yoşlarni yuzaga çiqariş böyiça körsatmalar berildi.

Yiğilişda ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ötgan yili musobaqalarda yoşlar qamrovi 10 millionga yetgan. Lekin katta yoşdagi insonlarning sportda iştiroki kam.

Şu bois endi mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari ötkaziladi, bu böyiça reyting yuritiladi. Yil yakuni bilan eng faol oilalarga maşq jihozi beriladi, eng yaxşi mahallalarda sport maydonçalari quriladi.

Öquvçilarni sportga keng jalb etiş maqsadida har bir maktabda yakkakuraş va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça tögaraklar oçiladi. Maktablar örtasida olimpiya sport turlari böyiça musobaqalar taşkil qilinadi. Eng yaxşi natija körsatgan öquvçilar seleksiya qilinib, maktablar esa kerakli sport inventari bilan ta’minlanadi. Natija körsatgan jismoniy tarbiya öqituvçilari alohida rağbatlantiriladi.

Yurtimizda 700 mingdan ziyod talabalar borligi qayd etilib, ular örtasida sportga havasni kuçaytiriş, qamrovni oşiriş muhimligi körsatib ötildi.

Aholini soğlom turmuş tarziga örgatişda nafaqat sport, balki töğri ovqatlaniş ham dolzarb. Örganişlarga köra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emas, 36 foizi töğri ovqatlaniş qoidalariga amal qilmaydi. Boşoqli va donli mahsulotlar, meva-sabzavotlar iste’moli kam. Tez tayyor böluvçi va tarkibida kanserogen moddalar yuqori bölgan mahsulotlar savdosi köpaygan. Bular turli kasalliklar va erta ölimlarga sabab bölayapti.

Şu bois “Soğlom inson – soğlom millat” ğoyasi umummilliy harakatga aylantirilişi ta’kidlandi. Buning uçun soğlom ovqatlaniş va jismoniy faollik tarğibotini har bir oilaga olib kiriş kerakligi aytildi.

Yiğilişda soha mutasaddilari, hokimlar va sportçilar bilan muloqot böldi.

 

president.uz

Ulaşiş: