Özbekiston – Quvayt: hunarmandçilik sohasida hamkorlik rivojlanmoqda

Özbekiston – Quvayt: hunarmandçilik sohasida hamkorlik rivojlanmoqda

14.02.2025 11:25129

Bugungi kunda Özbekiston va Quvayt örtasidagi hamkorlik izçil rivojlanib bormoqda. Ayni paytda ikki davlat aloqalarini yanada taraqqiy ettiriş va yangi bosqiçga kötariş uçun imkoniyatlar katta. Ana şu aloqalarning mantiqiy davomi sifatida hunarmandçilik sohasida ham hamkorlik yölga qöyilgan.

Özbekistonda asrlar davomida hunarmandçilikning turli yönalişlari rivojlangan bölib, ular bilan özbek xalqi dunyoga maşhur.

Ta’kidlaş joizki, hunarmandçilik mamlakat madaniy hayotining ulkan qismiga aylangan. Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasining boş qarorgohi Londonda joylaşgan Butunjahon hunarmandçilik kengaşiga (WCC) a’zo bölgani özbek hunarmandlarining xalqaro hamkorligini rivojlantiriş, şuningdek, ularning xorijda körgazmalarini taşkil etiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.

Quvayt davlati bilan ham hunarmandçilik sohasida hamkorlik işlari olib borilgan. 2019 yilda Özbekistonda ötkazilgan Hunarmandçilik festivalida ilk bor quvaytlik hunarmandlar ham öz hunarmandçilik mahsulotlari bilan iştirok etgan. Undan söng ikkinçi Hunarmandçilik festivali, Buxoroda ötkazilgan Xalqaro zardözlik va zargarlik festivalida ham quvaytlik hunarmandlar öz hunarmandçilik mahsulotlari bilan qatnaşdi.

Quvaytda ötkazilgan Özbekiston madaniyati kunlarida ham özbek hunarmandlari munosib iştirok etdi. Uşbu körgazmada dastur asosida Özbekiston amaliy san’ati va fotokörgazmalar taqdimoti jumladan, xalq hunarmandçiligi va amaliy san’ati buyumlari, jumladan, xattotlik, yoğoç öymakorligi, miniatyura, kaştaçilik, atlas va adras namoyişi, Özbekiston turistik salohiyati va madaniy obidalari taqdimoti, «Özbekiston-bağrikeng diyor» nomli davra suhbati, xattotlik böyiça master-klasslar ötkazilgan edi.

Marğilon şahridan milliy matolar ustasi, ikkinçi Xalqaro hunarmandçilik festivalining “Yeng yoş hunarmand” nominatsiyasi 1-örin ğolibi, 10-avlod sulola davomçisi Abdulloh Mirzaahmedov Quvayt davlatida ötkazilgan körgazma iştirokçisi böldi.

– Albatta milliy matolarimizni xorijliklar hayajon bilan körib xarid qilgandi, – deydi Abdulloh Mirzaahmedov. – Matolarning sifati, rangi, ipagi va töqilişi quvaytlik xaridorlarni ham öziga rom etgandi. Ular bu matolardan xarid qilib, uning töqiliş jarayoniga ham qiziqiş bildirgan. Kelgusida ham ikki mamlakat hunarmandlari tajriba almaşişi va hamkorlikni mustahkamlaş borasida iş olib boriladi.

Gulnoza Boboyeva, ÖzA

Ulaşiş: