Özbekiston Prezidenti Al-Kuvayt şahriga keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Şayx Miş’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatga keldi.
Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Şayx Miş’al as-Saboh, Valiahd Şayx Saboh as-Saboh va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Özbekiston yetakçisining taşrifi şarafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari kötarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.
Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan ötdi. Söng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.
Aeroportning Amir terminalida yetakçilar örtasida qisqa suhbat bölib ötdi.
Bugun Özbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara ötkazadilar. Sammit kun tartibidan Özbekiston bilan Kuvayt örtasidagi döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan.
Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinişi közda tutilgan.

