Özbekiston Prezidenti Kuvayt taşqi işlar vazirini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Kuvayt taşqi işlar vazirini qabul qildi

18.02.2025 12:24205

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Al-Kuvayt şahrida Kuvayt taşqi işlar vaziri Abdulla al-Yahyo bilan uçraşuv ötkazdi.

Kuvaytga amalga oşirilayotgan tarixiy taşrif davomida erişilgan kelişuvlar doirasida faol siyosiy muloqotni davom ettiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Özbekiston bilan Kuvayt örtasida keng qamrovli şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş böyiça oliy darajada qaror qilingani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Taşqi siyosiy idoralar örtasida muntazam maslahatlaşuvlarni taşkil etiş va Samarqand şahrida ötadigan "Markaziy Osiyo - Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi" sammitiga birgalikda tayyorgarlik köriş muhimligi ta’kidlandi.

Taşrif doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamğarmasi bilan yangi hamkorlik dasturi imzolangani yuqori baholandi.

Oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, infratuzilma, turizm va boşqa yönalişlarda loyihalarni ilgari suriş hamda mamlakatlar örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyişga alohida e’tibor qaratildi.

 

president.uz

Ulaşiş: