Kuvayt Davlatiga rasmiy taşrif yakunlandi

Kuvayt Davlatiga rasmiy taşrif yakunlandi

20.02.2025 17:17176

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga ilk rasmiy taşrifi tadbirlari yakunlandi.

Davlatimiz rahbari Al-Kuvayt şahrida Amir Şayx Miş’al as-Saboh va Valiahd Şayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, şuningdek, uşbu mamlakat hukumatining a’zolari, yetakçi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uçraşuvlar ötkazdi.

Sammit yakunida Qöşma bayonot qabul qilindi, şuningdek, hamkorlikning turli yönalişlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelişuvlar töplami imzolandi.

Davlatimiz rahbari madaniy dastur doirasida "As-Salom" saroy-muzeyining Kuvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvçi ekspozitsiyalarini közdan keçirdi.

Taşrif tadbirlari yakunlangaç, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Şayx Saboh as-Saboh va boşqa rasmiy şaxslar kuzatib qöydi.

Davlatimiz rahbari Toşkent şahriga jönab ketdi.

 

president.uz

Ulaşiş: