Özbekiston Prezidenti ziyoratçilarimizga qulaylik yaratişda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qiliş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti ziyoratçilarimizga qulaylik yaratişda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qiliş muhimligini ta’kidladi

20.02.2025 17:21199

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Saudiya Arabistoni Podşohligi haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat Boş vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, şuningdek, Podşohning köp millatli Özbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinçiği kisvaning bir parçasini topşirdi.

Özbekiston yetakçisi, öz navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratçilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada bölişi uçun yaratilgan imkoniyatlar va qulay şaroitlar uçun çuqur minnatdorlik bildirdi. Birgina ötgan yilning özida 800 mingdan ziyod fuqarolarimiz Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etdi.

Suhbat çoğida özbekistonlik ziyoratçilarga şart-şaroitlar va körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxşilaş, ularning Saudiya Arabistoniga taşrifi xavfsiz va qulay bölişini ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

president.uz

Ulaşiş: