Prezident Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markazi bilan tanişdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga taşrif buyurib, bu yerdagi işlab çiqariş quvvatlari, ilğor işlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar bilan tanişdi.
Armiya qobiliyatini mustahkamlaşda harbiy xizmatçilarning professional tayyorgarligi bilan bir qatorda mudofaa sanoatini rivojlantiriş muhim örin tutadi. Prezidentimiz taşabbusi bilan Özbekistonda zamonaviy mudofaa sanoatiga asos solingani tarixiy ahamiyatga ega böldi. Mudofaa vazirligi huzuridagi agentlik tomonidan qurol-yaroğlarni modernizatsiya qiliş, yangi texnologiyalarni özlaştiriş va istiqbolli işlanmalarni qöşinlarda joriy etiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur Innovatsion texnologiyalar markazida 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Şuningdek, robototexnika va uçuvçisiz apparatlar böyiça startap loyihalari qöllab-quvvatlanmoqda.
Taşrif çoğida harbiy texnikaning yangi namunalari, mudofaa sohasini yanada rivojlantiriş böyiça istiqbolli loyiha va rejalar taqdimot qilindi.
Davlatimiz rahbari bu birinçi qadamlar bölganini aytib, mudofaa tizimining raqobatbardoşligini oşirib boriş böyiça körsatmalar berdi. Işlab çiqarişni muntazam takomillaştirib, yangi mahsulotlarni özlaştiriş, bunda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektdan keng foydalaniş muhimligi ta’kidlandi.
Şu bilan birga, buyurtma asosida sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etib, harbiy va ikki xil maqsadga möljallangan mahsulot turlarini köpaytiriş böyiça topşiriqlar berildi. Yangi iş örinlari yaratiş, mutaxassislarni tizimli tayyorlaş, yangi texnikalar böyiça ilmiy laboratoriyalar taşkil etiş masalalariga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlaş joizki, Özbekiston mudofaa sanoati korxonalari xalqaro ixtisoslaştirilgan körgazmalarda faol iştirok etmoqda. Xususan, joriy yilning 17-21 fevral kunlari Abu-Dabi şahrida (BAA) bölib ötayotgan "IDEX-2025" körgazmasida mamlakatimizda işlab çiqarilgan 100 dan ortiq harbiy texnika va mahsulotlar namunalari namoyiş etilmoqda. Xorijiy hamkorlarda katta qiziqiş uyğotgan "Arslon 8×8" va "Arslon 6×6" zirhli transportyorlar, "Töfon" öziyurar gaubitsasi şular jumlasdan.
Taşrif yakunida Prezidentimiz mudofaa sanoatini yanada rivojlantirişning strategik yönalişlarini körsatib, mutasaddilar oldiga mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlaş, işlab çiqariş salohiyatini kengaytiriş va mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi örnini mustahkamlaş yuzasidan aniq vazifalar qöydi.

