Özbekiston Prezidenti Ömon bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligini qayd etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni Ömon Sultonligi taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi.
Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazdi.
Ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi şeriklik salohiyatini röyobga çiqariş masalalari körib çiqildi.
Idoralararo va işbilarmonlik aloqalari faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi, qöşma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari iştirokidagi biznes tadbirlari muntazam ötkazilmoqda.
Özbekiston-Ömon investitsiya kompaniyasi portfelini yangi kooperatsiya loyihalari hisobiga kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil aprel oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va qöşma biznes forumi ötkaziladi.
Bundan taşqari, parlamentlararo aloqalarni, madaniy-gumanitar almaşinuvni rivojlantiriş, töğridan töğri aviaqatnovni yölga qöyiş muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibi, şu jumladan joriy yil may oyida Samarqand şahrida ötkaziladigan "Markaziy Osiyo - Körfaz davlatlari" muloqotining ikkinçi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almaşildi.

