Özbekiston Prezidenti Xalqaro dzyudo federatsiyasi bilan şeriklikni yanada kengaytiriş rejalarini qöllab-quvvatladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli "Katta dubulğa" xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda bölib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni qabul qildi.
Mazkur yirik sport taşkiloti bilan mamlakatimizda dzyudo maktabini rivojlantiriş va uşbu yakkakuraş turini ommalaştiriş borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Ta’kidlaş joizki, Özbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol iştirok etmoqda. 2022-yilda mamlakatimizda kattalar örtasida jahon çempionati, ötgan yili harbiy xizmatçilar örtasida jahon birinçiligi muvaffaqiyatli ötkazildi. Parij şahrida bölib ötgan yozgi Olimpiya öyinlarida Diyora Keldiyorova Özbekiston tarixida ilk bor dzyudo böyiça oltin medalni qölga kiritdi.
Federatsiya rahbari Marius Vizer mamlakatimizda soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş va sportning barça turlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, yoşlar, ayniqsa, qizlarni keng jalb etiş, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuqori baholadi.
Uçraşuvda sportçilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlaşda federatsiyaning texnik kömagi va ekspert yordamini kengaytiriş, iqtidorlarni saralaşning samarali mexanizmini joriy qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, mamlakatimiz hududlarida dzyudo böyiça xalqaro musobaqalarni muntazam ötkazib boriş taklifi bildirildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti milliy dzyudo maktabini rivojlantirişga qöşgan katta şaxsiy hissasi uçun Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerga davlatimizning yuksak mukofoti - "Döstlik" ordenini topşirdi.

