Özbekiston xalqiga tabrik
Qadrli vatandoşlar!
Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barça mömin-musulmonlar va butun xalqimizni ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi bölgan Ramazoni şarifning kirib kelişi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Uşbu qutluğ ayyomda mana şunday munavvar oyni el-yurtimiz bilan birgalikda tinç va osoyişta muhitda kutib olayotganimiz uçun Alloh taologa behisob şukronalar aytamiz.
Hozirgi vaqtda barça soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz muqaddas islom dinining odamiylik mohiyatiga uyğun bölgan “Inson qadri uçun, inson baxti uçun” degan ezgu ğoya asosida amalga oşirilayotganini köplab misollarda köriş mumkin.
Jumladan, ijtimoiy himoya tizimi samarasini yuksaltiriş, bemorlar, nogironligi bölgan, keksa va yordamga muhtoj insonlarni, yoşlar va xotin-qizlarni, çet ellardagi fuqarolarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, farzandlarimizning ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuçaytiriş, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obod qilişga qaratilgan sa’y-harakatlar tobora kengayib borayotganini ta’kidlaş lozim.
Bu borada boşlagan işlarimizni izçil davom ettiriş, yurtimizdagi tinç va farovon hayotni, millatlar va dinlararo hamjihatlik muhitini köz qoraçiğidek asrab-avaylaş bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida böladi.
Pok niyatlar ijobat böladigan uşbu qutluğ oyda jahonning turli mintaqalaridagi uruş-janjallar, nizo va adovatlar barham topib, butun dunyoda tinçlik, özaro hurmat, bağrikenglik va hamkorlik barqaror bölişini çin dildan sörab, duolar qilamiz.
Yer yuzidagi barça mömin-musulmon birodarlarimizni, döst va hamkorlarimizni Ramazon oyining boşlanişi bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga osoyiştalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.
Aziz vatandoşlar!
Ramazoni şarifni oila va yaqinlar davrasida katta xursandçilik bilan kutib olayotgan siz muhtaram yurtdoşlarimni yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Uşbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam öz dargohida qabul etsin!
Xalqimizning ezgu orzu-intilişlari röyobga çiqsin!
Ramazon oyi barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

