Qişloq xöjaligida xalqaro hamkorlikdagi loyihalar haqida axborot berildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-mart kuni qişloq xöjaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga oid taqdimot bilan tanişdi.
Yurtimiz agrosanoati samaradorlik va bozor munosabatlari jihatidan isloh qilinmoqda. Sohaga ilğor agrotexnologiyalar, ilm-fan yutuqlari keng joriy etilmoqda.
Bir guruh mutaxassislarimiz yaqinda Xitoy, Italiya, Yaponiyaga borib, ilmiy institutlar, yirik kompaniya va xöjaliklar tajribasini örgandi. Şu asosida yangi hamkorlik rejalari işlab çiqildi.
Ma’lumki, yuqori hosildorlikning birinçi omili bu uruğçilik. Xitoy qişloq xöjaligi akademiyasi ekinlar uruği va köçatçiligida katta tajribaga ega. Bizda esa qişloq xöjaligi böyiça 14 ta ilmiy institut, 55 ta uruğçilik xöjaligi bölgani bilan, yangi nav va agrotexnologiya masalasida oqsoqlik bor. Dehqonlar mahalliy uruğdan manfaat körmagani uçun çet elnikini ekayapti.
Şu bois Yuqori Çirçiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida uruğçilik va köçatçilikni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Buning uçun 200 million dollar sarmoya kiritilib, paxta, buğdoy, şoli, makka, uzum va meva navlari köpaytiriladi. Uruğ olişdan boşlab, uni zamonaviy texnika va dronlar yordamida ekiş, dorilaş, yiğiş va qayta işlaş böyiça namunaviy hudud taşkil qilinadi.
Soha uçun yana bir dolzarb masala – malakali kadrlar. Bu borada Italiyada yaxşi ta’lim tizimi bor. Birgina Bolonya universiteti Yevropani malakali mutaxassislar bilan ta’minlaşda katta örin tutadi. Ilmiy institutlar xususiy sektor bilan hamkorlik qilib, buyurtma asosida sifatli navlarni yaratib, tijoratlaştirayapti.
Uşbu tajribalarni örganiş maqsadida Italiyadagi Bolonya, Tuşia, Ferrara, Piza oliygohlariga bu yil 200 nafar yoşlarimizni yuboriş közda tutilmoqda. Şuningdek, Tuşia universitetida yiliga 30 nafar oziq-ovqat texnologini grant asosida öqitiş, yurtimizda kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş taklifini bildirgan.
Dunyo tajribasini örganişda öqib, işlaş dasturlari ham qöl keladi. Masalan, Samarqand agrar instituti, Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti ötgan yili bir guruh talabalarni Germaniya va Angliyaga yuborgan. Toşkent davlat agrar hamda Xalqaro qişloq xöjaligi universitetlari, Farğona oziq-ovqat institutida talabalarni Yaponiyaga yuboriş uçun yapon tili markazlari taşkil etilmoqda.
Taqdimotda rejalar qöllab-quvvatlanib, bunday hamkorlikni Vengriya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi agrosanoat rivojlangan davlatlar bilan ham kengaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Qişloq xöjaligi vazirligiga hududlarda innovatsion loyihalarni köpaytiriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.

