Prezidentimiz Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

Prezidentimiz Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

05.03.2025 14:4760

Agentlik xodimlari vazirliklarga, hududlarga borib, aniq bir sohani tahlil qilib, muammolarga yeçim beriş örniga, qözğatilgan jinoyat işlarini sanaydigan quruq statist bölib qolgani qayd etildi.

Agentlik rahbariyati korrupsiya holati eng köp bölgan tuman soğliqni saqlaş, bandlik bölimi yoki bank filialiga borib, holatni örganmagani, yangi zamonaviy tizim böyiça taklif bermagani körsatib ötildi. Uşbu sohalarning bevosita rahbarlarining öz tizimini “korrupsiyadan xoli” qiliş işlari sustligi tanqid qilindi.  

Prezident topşiriği bilan investitsiya dasturlari ustidan nazorat kuçaytirilganidan keyin ötgan yilni özida 3 trillion söm iqtisod böldi. Yoki soğliqni saqlaş tizimida “Situatsion markaz” işga tuşirilgani hisobiga 2024 yilda 1,2 trillion sömlik maqsadsiz xarajatlarning oldi olindi.  

–Lekin, nega bu işlar Prezident topşiriq berganidan keyin boşlanişi kerak, – deya savol qöydi davlatimiz rahbari.  

Parlamentdagi byudjet qömitalarida ham har yili byudjetdan eng köp mablağ oladigan 3 ta vazirlikka borib, korrupsiyaviy omillarni aniqlaşda va özgariş qilişda taşabbuskorlik yetişmayotgani qayd etildi.  

ÖzA

Ulaşiş: