Özbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elçilardan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi
Bugun, 6 mart kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elçilari tomonidan işonç yorliqlarini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elçilar – Misr Arab Respublikasidan Tamer Fatxi, Italiya Respublikasidan Pergabriyel Papadia de Bottini, Qirğiz Respublikasidan Duyşonqul Çotonov, Belarus Respublikasidan Aleksandr Ogorodnikov, Gruziyadan David Kotariya va Turkiya Respublikasidan Ufuk Ulutaşning işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.
Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini Yangi Özbekistondagi şarafli missiyasi boşlangani bilan samimiy tabrikladi.
Dunyoda ziddiyatlar keskinlaşib, geosiyosiy raqobat kuçayib borayotgan hozirgi davrda döst davlatlarning bir-birini qöllab-quvvatlaşi har qaçongidan ham muhim ekani ta’kidlandi.
Bunday şaroitda Özbekiston özining oçiq va pragmatik taşqi siyosati bilan özaro hurmat va döstlikni mustahkamlab, dunyoning barça mintaqalaridagi davlatlar, xalqaro taşkilotlar va global moliyaviy institutlar bilan amaliy şeriklikni rivojlantirmoqda.
Prezidentimiz umumiy siyosiy iroda tufayli Markaziy Osiyo yaxşi qöşniçilik, işonç va integratsiya mintaqasiga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Joriy yilda Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlarida raislik qilmoqda va Toşkent şahrida bölib ötadigan tarixiy sammitga tayyorgarlik körmoqda.
Bölayotgan jadal özgarişlar tufayli mintaqamizga qiziqiş tobora ortib, "Markaziy Osiyo plyus" muloqot maydoni kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Joriy yil aprel oyida mamlakatimizda "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinçi sammiti, may oyida esa "Markaziy Osiyo - Körfaz arab mamlakatlari" formatidagi ikkinçi uçraşuv bölib ötadi.
Keyingi yillarda Özbekiston taşabbusi bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti doirasida 11 ta rezolyutsiya qabul qilingani alohida qayd etildi.
Joriy yilda mamlakatimizda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi va YUNЕSKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi ötkazilişi, 2027-yilda Özbekiston Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişi ham davlatimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Ötgan yili jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 35 milliard dollarni taşkil etib, eksport 27 milliard dollardan oşgan. Yangi innovatsion formatda ötkaziladigan Toşkent investitsiya forumiga tayyorgarlik körilmoqda.
- Islohotlarimizdan közlangan asosiy maqsad - har bir inson manfaatlarini ta’minlaş va aholi daromadlarini oşiriş, "kelajak iqtisodiyoti" va ilğor infratuzilmani barpo etiş, jozibador investitsiya va işbilarmonlik muhitini ta’minlaşdan iborat. "Özbekiston - 2030" strategiyasi doirasida belgilab olgan ulkan maqsad va rejalarimizni amalga oşiriş uçun bizda yetarli salohiyat va imkoniyatlar, eng muhimi, kuçli intiliş va siyosiy iroda bor, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişini qöllab-quvvatlagani uçun diplomatik missiyalar rahbarlari vakillik qilayotgan mamlakatlar hukumatlariga minnatdorlik bildirildi.
Davlatimiz rahbari Misr Arab Respublikasi elçisiga murojaat qilar ekan, uşbu mamlakat Özbekistonning Yaqin Şarqdagi işonçli hamkori ekanini ta’kidladi.
Siyosiy maslahatlaşuvlar muntazam ravişda ötkazilmoqda. Ötgan yili Hukumatlararo komissiya yiğilişi, 3 ta yirik biznes forumi muvaffaqiyatli ötkazildi. Ikki mamlakat yetakçi kompaniyalarining kooperatsiyasi kengaymoqda.
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining mamlakatimizga taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boşlaşda muhim voqea bölişi ta’kidlandi.
Misrning yetakçi taşkilotlari va kompaniyalari iştirokida energetika, kimyo, qişloq xöjaligi, geologiya, turizm, töqimaçilik va boşqa tarmoqlarda qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Arab davlatlari ligasining yaqinda ötgan sammitida Misr Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Ğazoni tiklaş rejasini qabul qiliş taşabbusini yuqori baholadi.
Özbekiston yetakçisi Italiya ulkan siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega muhim strategik şerik ekanini ta’kidladi.
Bugungi kunda Italiya kompaniyalari bilan "yaşil" energetika, kimyo, maşinasozlik, yengil sanoat, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, ta’lim va turizm sohalarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Taşqi işlar vazirlarining "Italiya - Markaziy Osiyo" formatidagi muloqoti davom etmoqda. Turin politexnika va Piza universitetlarining Toşkent şahridagi filiali samarali faoliyat yuritmoqda.
Ötgan yili birinçi marta yetakçi oliy ta’lim muassasalari forumi ötkazildi. Yaqinda Rim va Viarejio şaharlarida Özbekiston madaniyati kunlari bölib ötdi.
Yaqin kunlarda Hukumatlararo işçi guruh yiğilişi va biznes forumi, Lombardiya gubernatorining Özbekistonga taşrifi hamda Hududlar kengaşi bölib ötadi. Bundan taşqari, qöşma investitsiya fondini taşkil etiş muhimligi qayd etildi.
Italiya Boş vazirining mamlakatimizga javob taşrifini taşkil etiş asosiy vazifa etib belgilandi.
Qirğiziston Özbekistonning yaqin qöşnisi va strategik şerigidir.
Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş hajmi 4 barobar ortdi, qöşma korxonalar soni 300 taga yetdi. Hududlarda avtomobil zavodi, töqimaçilik fabrikalari, tibbiyot markazlari, agroklasterlar işga tuşdi.
Ötgan yil dekabr oyida "Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston" temir yöli qurilişi boşlangani muhim tarixiy voqea böldi.
Şu oyda Xöjand şahrida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston yetakçilari iştirokida uç tomonlama sammit bölib ötadi.
Hukumatlararo va parlamentlararo komissiyalar, Hududlararo forum va Işbilarmonlar kengaşi faoliyati natijadorligini ta’minlaş zarurligi ta’kidlandi.
Keyingi yillarda Özbekiston-Belarus hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
Ötgan yil fevral oyida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning mamlakatimizga rasmiy taşrifi köp qirrali şeriklikni kengaytirişga qöşimça sur’at bağişladi.
Tovar ayirboşlaş hajmi izçil ortib bormoqda, qöşma korxonalar soni 240 taga yetdi. Yaqin kunlarda siyosiy maslahatlaşuvlar, Hukumatlararo komissiya yiğilişi va işbilarmonlik tadbirlari bölib ötadi.
Davlatimiz rahbari qişloq xöjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat, soğliqni saqlaş, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohalarida kooperatsiyani kuçaytiriş zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Hududlararo, tibbiyot va ta’lim forumlarini samarali ötkaziş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston Prezidenti Gruziya Janubiy Kavkazdagi işonçli hamkorimiz ekanini ta’kidladi.
Ötgan yili tovar ayirboşlaş 50 foizga oşdi. Yuk taşiş hajmi ortmoqda, bank sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda.
Hukumatlar va parlamentlar darajasidagi aloqalar faollaşdi, madaniy va turizm almaşinuvlari kengaymoqda.
Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidzening kuni keça Özbekistonga amalga oşirgan rasmiy taşrifi yakunlari ikki tomonlama munosabatlar rivojida yangi bosqiç bölişiga işonç bildirildi.
Tovar ayirboşlaşni yanada oşiriş, logistika va tranzit, turizm, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va töqimaçilik sohalarida kooperatsiyani kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda hududlar biznes forumi, milliy mahsulotlar yarmarkasi, madaniyat kunlarini ötkaziş muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Turkiya elçisiga murojaat qilar ekan, faol siyosiy muloqot tufayli ikki tomonlama munosabatlar keng qamrovli strategik şeriklik darajasiga kötarilganini ta’kidladi.
Ötgan yili tovar ayirboşlaş 3 milliard dollarga, özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 2 milliard dollarga, qöşma korxonalar soni 2 mingtaga yetdi. Turkiyaning yetakçi kompaniyalari bilan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Toşkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti taşkil etilmoqda.
Yangi istiqbolli yönalişlar va aniq loyihalarni ilgari suriş maqsadida joriy yilda Özbekistonda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişini taşkil etiş muhimligi qayd etildi.
Marosim yakunida davlatimiz rahbari yangi tayinlangan elçilarga şarafli va mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi, şeriklikni mustahkamlaş uçun mavjud barça imkoniyatlardan samarali foydalanişga çaqirdi, hududlar va xususiy biznes vakillari bilan faol hamkorlik qilişni tavsiya qildi.
Öz navbatida, diplomatlar samimiy qabul va samarali faoliyati uçun yaratilgan şaroitlarga minnatdorlik bildirib, Özbekiston bilan köp qirrali hamkorlikni faol ilgari suriş yölida özlarining butun professional tajribasi va bilimidan foydalanişga tayyor ekanini ta’kidladilar.

