Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat taşrifi bilan Fransiyaga boradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat taşrifi bilan Fransiyaga boradi

11.03.2025 15:25178

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-13-mart kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.

Taşrif doirasida Parij şahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va işbilarmon doiralari bilan qator uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Bölajak muloqotlar kun tartibidan köp qirrali Özbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalari örin olgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, Fransiyaning yetakçi kompaniya va korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga ustuvor e’tibor qaratiladi.

Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo bitimlar töplamini qabul qiliş közda tutilgan.

Bundan taşqari, davlatimiz rahbari YUNESKO Boş direktori Odri Azule bilan uçraşib, taşkilot Boş konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik köriş va uni joriy yilning kuzida Samarqand şahrida ötkazişning amaliy jihatlarini muhokama qiladi.

Bölajak taşrif arafasida köplab tadbirlar ötkazilayotganini ta’kidlaş joiz.

Xususan, 1-mart kuni Grets-Armenvil şahridagi "Uranoskop" observatoriyasi hududida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy siymosi aks etgan yodgorlik oçildi.

Şu kunlarda Parij şahrida soğliqni saqlaş, fan va ta’lim, madaniyat, turizm va biznes sohalarida forum va anjumanlar ötkazilmoqda. Tuluza, Lion va Nitssada qöşma işbilarmonlik tadbirlari bölib ötadi.

 

president.uz

Ulaşiş: