Özbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11-mart kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
Mamlakatimiz yetakçisi BAA Prezidentiga mustahkam soğlik va farovonlik, davlatçilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, döst Amirliklar xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uçun muqaddas bölgan Ramazon oyi munosabati bilan ham bir-birlarini samimiy qutladilar.
Özbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oşirgan taşrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçib, ularni strategik şeriklik darajasiga kötargani alohida ta’kidlandi. Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun alohida "yöl xaritasi" qabul qilindi.
Yetakçilar Özbekiston bilan BAA örtasidagi köp qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar soni izçil ortib bormoqda.
Bugungi kunda 20 milliard dollarlik loyihalar portfeli doirasida Amirliklarning yetakçi kompaniyalari bilan "yaşil" energetika, raqamlaştiriş, sun’iy intellekt, şaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi muhim yönalişlarda faol hamkorlik qilinmoqda.
Samarqand şahrida "Markaziy Osiyo - Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi" muloqotining ikkinçi sammitini ötkaziş masalalari ham körib çiqildi.

