Özbekiston Prezidenti Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi

Özbekiston Prezidenti Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi

14.03.2025 15:13119

Taşrif doirasida Parij şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Davlatimiz rahbariga yuksak mukofotni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravişda topşirdi.

Özbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantiriş, xalqlarimiz örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun uşbu ordenga sazovor böldi.

Mamlakatimiz yetakçisi mukofot uçun Fransiya rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuksak natijalarga erişilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802-yilda ta’sis etilgan. Fransiyada uşbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilişi va şon-şarafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.

 

president.uz

Ulaşiş: