Özbekiston Prezidenti Parij şahri meri bilan uçraşuv ötkazdi

Özbekiston Prezidenti Parij şahri meri bilan uçraşuv ötkazdi

14.03.2025 15:16102

Fransiyaga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Parij şahri meri Ann Idalgo bilan uçraşdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari poytaxt merini yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlari muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy qutladi, şuningdek, Parij köçalaridan biriga Samarqand nomi berilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Öz navbatida, Ann Idalgo Özbekiston rahbariga olimpiada tadbirlari davrida jamoat xavfsizligini ta’minlaşda körsatilgan yordam uçun taşakkur bildirdi.

Uçraşuvda Özbekiston Prezidentining uşbu taşrifi tarixiy natijalar bilan yakunlangani – ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Toşkent va Parij örtasidagi amaliy hamkorlik va almaşinuvlarni imzolangan bitim asosida faollaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Şaharsozlikni rejalaştiriş, "yaşil" hududlar barpo etiş, jamoat transportini rivojlantiriş, raqamlaştiriş, şuningdek, şahar kommunikatsiyalarini modernizatsiya qiliş va ulardan barqaror foydalaniş borasida tajriba almaşiş şular jumlasidan.

Bundan taşqari, özaro körgazmalar, madaniyat va san’at kunlari, sayyohlik va gastronomik festivallar ötkaziş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida Parij köçalaridan biriga Samarqand nomi berilişiga bağişlangan rasmiy marosim bölib ötdi.

Davlatimiz rahbari va Parij meri Özbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Parij şahrida bölgani töğrisida qöşma hujjatni imzoladilar. Uşbu esdalik yorliği meriya muzeyida namoyiş etiladi.

 

president.uz

Ulaşiş: