Özbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik kengayişini qöllab-quvvatladi

Özbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik kengayişini qöllab-quvvatladi

17.03.2025 09:41160

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyaçeslav Volodinni qabul qildi. Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ötgan yil may oyida Rossiya Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuv va bitimlarning amalga oşirilişini nazorat qiliş maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimiz yetakçisi Parlamentlararo komissiyaning ikkinçi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş va uni Özbekistonda, ikki mamlakat hududlarini keng jalb etgan holda ötkaziş muhimligini ta’kidladi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini, mehnat migratsiyasi va madaniy-gumanitar almaşinuv borasidagi qöşma dasturlarni qöllab-quvvatlaş va jadallaştirişda parlamentlar faol iştirok etişi zarurligi qayd etildi.

 

president.uz

Ulaşiş: