Kommunal va qişloq xöjaligi sohalaridagi vazifalar belgilab olindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 17-mart kuni içimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qişloq xöjaligi bilan boğliq masalalar böyiça videoselektor yiğilişi ötkazdi.
Aholining hayot sifatida muhim bölgan bunday işlar qamrovi kengayib bormoqda. Bu yil 1 ming 619 kilometr içimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortiş, tizimdagi 162 ta inşootni quriş va rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor toza içimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmoğiga ulanadi, 157 ming iste’molçiga zamonaviy hisoblagiç örnatiladi.
Yaqinda davlatimiz rahbarining Fransiyaga taşrifi doirasida Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida içimlik suvi böyiça 340 million yevrolik 3 ta loyiha kelişildi. Jumladan, Fransiyaning “Suez” kompaniyasi Denov, Şörçi, Sariosiyo va Qumqörğondagi içimlik suvi ta’minotini xususiy boşqaruvga olayapti. Natijada viloyatda markazlaşgan içimlik suvi qamrovi 90 foizga yetişi kutilmoqda.
Oqova tarmoği mavjudligi quriliş, sanoat va xizmatlar rivoji uçun muhim omil. Uni kengaytiriş uçun budjetdan har yili trillionlab mablağ sarflanmoqda. Lekin faqat şunga qarab qolmasdan, sohaga xususiy sektorni kengroq jalb qiliş zarurligi körsatib ötildi.
Masalan, mahalliy tadbirkor Osiyo taraqqiyot banki iştirokida Olmaliq, Bekobod, Angren va Çirçiq şahrida oqova suv tozalaş inşootlarini qurayapti. Yana bir tadbirkor Andijondagi ikkita tumanda suv va oqova xizmatlarini xususiy boşqaruvga oliş taşabbusi bilan çiqqan.
Şu kabi xususiy şeriklik loyihalarini köpaytiriş, yirik korxonalarimizning xalqaro tenderlarda qatnaşiş imkonini kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
Xalqaro moliya institutlari iştirokidagi loyihalarni amalga oşiriş jarayonini soddalaştiriş böyiça qaror qabul qilindi. Endi tenderlarni tezlaştirib, yil yakunigaça 850 million dollarlik işlarni bajariş topşiriği berildi.
Yana bir muhim vazifa – sohani raqamlaştiriş. Buning uçun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilinişi belgilangan. Beş yilda yirik suv inşooti va magistral quvurlarga 4 ming 800 ta “aqlli” hisoblagiç, 2 ming 800 ta telemetriya tizimi örnatiş közda tutilgan.
Bu elektrotexnika sanoati uçun katta bozor ekani qayd etilib, hisoblagiç işlab çiqarişni köpaytiriş, ularga xizmat körsatişni bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkaziş böyiça körsatma berildi.
Issiqlik ta’minoti tabiiy gaz eng köp sarflanadigan sohalardan biri. Şu bois 11 mart kuni bu sohani tubdan isloh qiliş va energiya samaradorligini oşiriş böyiça Prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, “Issiqlik ta’minoti” kompaniyasi taşkil etilib, hududlardagi 23 ta korxona uning tarkibiga ötkazildi. Keyingi beş yilda issiqlik tizimlarini tiklaş uçun 19 trillion söm yönaltiriladi. Markazlaşgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetadi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga köp qavatli uylar hamda ijtimoiy muassasalarda energiya samaradorligini oşiriş böyiça topşiriq berildi. Qayd etilganidek, 9 mingta uy-joy va binolar yopiq isitiş tizimiga ötkaziladi. Natijada issiqlik yöqotilişi 2 barobar, gaz iste’moli 20 foizga kamayadi.
Yiğilişda bahorgi ekiş tadbirlariga ham töxtalib ötildi. Hokimliklar zaxirasida turgan yerlarni ajratişning soddalaştiriş çoralari belgilandi.
Endi qişloq yerlarini auksionda bölib-bölib tölaş şarti bilan sotiş bekor qilinadi. Auksionda sotilmagan yerning qiymati keyingi savdolarda kuniga 10 foizdan pasaytiriladi. Takroriy auksionda bitta iştirokçi qatnaşsa ham, ğolib hisoblanadi. Yerning 10-20 foizi çorva uçun ozuqa ekişga çiqariladi.
Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanayapti. Endi bu reyting hosildorlik, işçi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar böyiça alohida bölişi ma’lum qilindi.
Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini suğurtalaş talabi bekor böladi. Yer soliği 3 barobar, fermerlar kengaşiga tölanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va ğallada me’yordan köp hosil olganlarga 25 foizgaça yerida çorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boşqa ekinlarni almaşlab ekişga ruxsat beriladi.
Prezident farmoyişi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda olib borilayotgan dehqonçilik va obodonlaştiriş işlari haqida axborot berildi.
Bahorda 125 million tup köçat ekilişi möljallangan. Bunda ekin joylarini töğri tanlaş, suğorişni yaxşilaş muhim ekani ta’kidlandi. Jumladan, suv ta’minoti oğir mahallalarda geomembrana qoplamali hovuzlar barpo etiladi.
Ötgan yili tajriba tarzida 208 ta mahallada “mahalla-servis” kompaniyalari taşkil qilinib, aholiga 23 turdagi xizmatlar körsatiş yölga qöyilgan edi. Endi bu tizim kengaytirilib, yana mingta şunday kompaniya tuziladi. Xizmatlar turi ham kamida 30 taga yetkaziladi. Xitoy tajribasi asosida 5 ming kişi mahallaga xizmat körsatiş böyiça öqitiladi va 15 ming aholining bandligi ta’minlanadi.
Bu yildan 208 ta tuman va şahar obodonlaştiriş bölimlari tarkibida içki yöllarni saqlaş uçastkalari taşkil qilindi. Ularga qöşimça 5 turdagi maxsus texnika sotib oliş uçun 700 milliard söm ajratildi. Mutasaddilarga içki yöllarni ta’mirlaş, mahallalarda energiya ta’minotini yaxşilaş böyiça topşiriqlar berildi.
Yiğilişda Boş vazir örinbosarlari, vazirlar va hokimlarning axboroti eşitildi.

