Özbekiston va Qozoğiston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini körib çiqdilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yaqinlaşib kelayotgan bahor ayyomi - Navröz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar Özbekiston va Qozoğiston xalqlariga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Özbekiston-Qozoğiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.
Savdoni köpaytiriş, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda, şu jumladan hududlar darajasida amaliy hamkorlik böyiça loyihalarni ilgari suriş maqsadida özaro muvofiqlaşgan çoralar köriş muhimligi qayd etildi.
Şu kunlarda Qozoğiston şaharlarida ötayotgan qöşma madaniy-gumanitar tadbirlarga yuksak baho berildi.
Yetakçilar bölajak oliy va yuqori darajadagi ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini, şu jumladan "Markaziy Osiyo plyus" formatidagi sammitlarga tayyorgarlikni körib çiqdilar.

