Belgiya Qirolligi Elchisi bilan uchrashuv

11.07.2026 12:2993

2026-yil 9-iyul kuni Diplomatik Servis xizmati Bosh direktori Egamberdiyev Oybek Xudayorovich Belgiya Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Matiyas Kende bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Belgiya Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi Elchixonasini ochish bilan bog'liq amaliy jihatlar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.