O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar o‘rtasida xx madaniy an’anlar va milliy taomlar festivali 18-may 2024-yil.
O‘zbekiston Respublikasi TIV huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi tomonidan “Diplomatic Women's and Spouses' Club of Tashkent”, Olmazor tumani hokimligi va “Qalqon PR MEDIA” MCHJ ko‘magida tashkil etilyotgan festival ko‘plab mamlakatlarning an'analari va madaniyatini bayramona ruhda birlashtiradi.
Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tishini tam‘minlash, ularning norasmiy, do‘stona muloqoti uchun sharoit yaratish, dunyoning turli mamlakatlarining madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatini berishdir.
Festival xayriya xususiyatiga ega bo‘lib, ushbu tadbirdan tushgan mablag‘lar og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasalliklarga chalingan bolalarni davolash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Festival dasturida diplomatik vakolatxonalarning milliy taomlari namoyish etilishi, "Toshkent-non shahri" shiori ostida milliy ishlab chiqaruvchilarning non mahsulotlari taqdimoti va O‘zbekistonning professional novvoylari ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasini tashkil etish va mamlakat folklor-etnografik jamoalari va diplomatik vakolatxonalarining chiqishlari ko‘zda tutilgan. Festival yakunida ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshiriladi.
An'anaviy ravishda o‘tkaziladigan Festival mamlakat madaniy hayotini mazmunli to‘ldiradi va poytaxt aholisi mehmonlariga festivalda ishtirok etayotgan mamlakatlar madaniyati bilan yaqindan tanishish va madaniyat va turizmni rivojlantirishga yordam beradi.
O‘zingizga va yaqinlaringizga "XX madaniy an'analar va milliy taomlar Festivali" ning yubileyida butun dunyo madaniyatlari va didlarining xilma-xilligiga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyat bering!
Ushbu hashamatli tadbir 2024-yil 18-may kuni Olmazor tumani Beruniy maydonida bo‘lib o‘tadi.

