Malayziya Favqulodda va Mutor elchisining ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilindi
Malayziyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rafeda binti Abdul Aziz xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz.
Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik. Soʻnggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va koʻplab sohalarda yangi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Elchi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, uning masʼuliyatli faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanimizni tasdiqladik.

