«Yangi O‘zbekiston» mavzusida ma’rifiy tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Diplomatik servis xizmati" DMda joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" mavzusida ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori(DSc), "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi Yusubov Jaloliddin Kadamovich Yangi O'zbekistonda inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, Konstitutsiyada inson qadrining huquqiy me'zonga aylanishi, xalqchil davlat boshqaruvi, ijtimoiy himoya, ta'lim sohasidagi islohotlardagi imkoniyatlar, gender tengligi, qonun ustivorligi kabi masalalar to‘g‘risida ma'ruza qildi.
Tadbir davomida Dipservis xizmati xodimlari bilan mavzu yuzasidan fikrlar almashildi.




