Diplomatik servis xizmatida Mustaqillikning 35 yilligi nishonlandi

28.08.2026 16:1322

2026-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Diplomatik servis xizmati" DMda O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda Diplomatik servis xizmati rahbariyati, xodimlar jamoasi hamda tizimda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriylar ishtirok etdilar.

Tadbirda Mustaqillik xalqimiz uchun muqaddas qadriyat sifatida ulkan ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. So‘nggi yillarda Dipservis xizmatida erishilayotgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan hamda Vazirlik oldiga qoʼyilgan vazifalarni bajarishda munosib hissa qoʼshayotganliklari, xorijiy davlatlar bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda oʼz vazifalarini samarali va vijdonan bajarayotganliklarini inobatga olib, Dipservis xizmati xodimlari Diplomatik xizmat a'lochisi" hamda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.