“Diplomatik servis xizmati” Bosh direktori Misr Arab Respublikasi Elchisi bilan uchrashdi

21.09.2026 09:1524

15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi Bosh direktori Oybek Xudayorovich Egamberdiyev Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tamer Fathi Abdussalam Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonaning faoliyat yuritishi bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona rahbariga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan Diplomatiya va san’at galereyasi ekspozitsiyalari taqdim etildi.