O‘zbekiston Respublikasi TIV huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi Bosh direktori Malayziya Elchisi bilan uchrashdi

21.09.2026 09:0624

18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi Bosh direktori Oybek Xudayorovich Egamberdiyev Malayziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rafeda binti Abdul Aziz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonaning faoliyat yuritishi bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.