Diplomatik servis xizmati rahbariyatining Hindiston Elchisi bilan uchrashuvi
29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Diplomatik servis xizmati" DM Bosh direktori O. X. Egamberdiyev Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, diplomatik vakolatxonaning faoliyati bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Hindiston Respublikasi Elchixonasi binosini “Yangi Toshkent” hududiga ko‘chirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

