Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

29.10.2026 10:3523

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 29-30-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlatimiz rahbari Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Turk asri: tilda, fikrda va ishda birlik” mavzusidagi navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tashkilot doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, turizm, ekologiya va taʼlim yoʻnalishlarida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunlari boʻyicha Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

 

 

president.uz

Ulashish: